AsosiyJamiyat

Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o`zbekistonlik qahramon taqdirlandi

'Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o`zbekistonlik qahramon taqdirlandi'ning rasmi

Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o`zbekistonlik Olamafruz Abdullaev kuni kecha Rossiya Kudo federasiyasi va Chelyabinsk viloyati Kudo federasiyasi prezidentlari tomonidan minnatdorlik xatlari bilan taqdirlandi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Hujjatda Abdullaevga 2018 yilda Magnitogorsk shahri uchun eng qiyin bo`lgan vaqtda qahramonlik, jasorat, mehribonlik va rahmdillik ko`rsatganligi uchun minnatdorlik bildirilgan.

“Har bir soniyada o`z hayotini xavf ostiga qo`ygan holda qahraton sovuqda 12 soatdan ortiq vaqt davomida beton vayronalar ostidan odamlarni qutqargan. Alan, sen bilan Rossiya fahrlanadi va mamlakatimizning barcha aholisi minnatdorlik bildiradi”- deyilgan hujjatda.

Ushbu yorliqlar Abdullaevga Kudo bo`yicha musobaqaning ochilish marosimida tantanali ravishda topshirildi.

O`zbekistonlik yigit sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam bergani haqida xabar bergan edik.

Blagodarstvennoe pismo Alanu Abdullaevu

Blagodarstvennoe pismo Alanu Abdullaevu

Qutqarilgan tojikistonlik Ulfatovning amakisi Baxtiyor Sultonov va O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari Olamafruzga minnatdorlik bildirishdi.

O`zbekistonlik yigit esa o`zini qahramon deb hisoblamaydi.

Ma`lumot uchun: Abdullaev Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug`ilgan. Termezda kollejni tamomlagan.

Rossiyaga esa sakkiz yil oldin kelgan.

Yigitning yoshi 23da, qurilishda ishlaydi. Bo`sh vaqtida “kudo” sport turi bilan shug`ullanadi. Uning murabbiysi Chelyabinsk viloyati kudo federasiyasi prezidenti Vladimir Ostapchenko.

Eslatib o`tamiz, 2018 yil 31 dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida ko`pqavatli uylarning birining pod`ezdi o`pirilib tushgan edi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ushbu fojiada 39 nafar kishi halok bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar