AsosiyDunyo

Dunyo milliarderlarining yangi reytingi e`lon qilindi

'Dunyo milliarderlarining yangi reytingi e`lon qilindi'ning rasmi

Bugungi kunga kelib dunyo milliarderlarining daromadi kuniga 2,5 milliard dollardan oshib bormoqda, shu bilan birgalikda jahon aholisini eng kambag`al yarmining yashash uchun daromadlari kamayib bormoqda.

"Oxfam International report" jurnalining dushanba kuni e`lon qilingan ma`lumotiga ko`ra, hozirgi kunda butun dunyo bo`yicha milliarderlar soni 2 ming 208 nafarga etgan. O`n yil avvalgi dunyo moliyaviy inqirozidan so`ng milliarderlar soni deyarli ikki barobarga oshgan.

Shveysariyaning Davos shahrida o`tkazilgan Butunjahon Iqtisodiy Forumi dunyodagi eng boy va eng nufuzli kishilarni birlashtirishga harakat qilgan. Forumda chop etilgan 106 sahifalik hisobot boy va kambag`allar o`rtasidagi o`sib borayotgan bo`shliqqa e`tibor qaratishga mo`ljallangan.

Dunyoning eng badavlat 26 kishisining jami boyligi o`tgan yili 1,4 trillion AQSh dollarini tashkil etdi - bu 3,8 milliard kambag`al kishilarning umumiy boyligi demakdir.

Forbes jurnali ma`lumotlariga ko`ra, ushbu mega boylarning aksariyati amerikaliklardir. Nomzodlar orasida Jeff Bezos (Amazon), Bill Geyts (Microsoft), Varren Buffett (Berkshire Hathaway) va Mark Ssukerberglar (Facebook) asosiy o`rinlarni band etgan. Ular boyligining umumiy qiymati 357 milliard dollarni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar