Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo`yicha Osiyo Kubogi davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O`zbekiston terma jamoasi bugun turnirdagi eng muhim o`yinlaridan birini o`tkazadi.
Ektor Kuper shogirdlari Osiyo Kubogining 1/8 final bosqichida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da, Al Ayndagi «Xalifa bin Zayd» stadionida boshlanadi. Bahsni qatarlik FIFA referisi Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim boshqarib boradi.
Uchrashuvda terma jamoamiz a`zolari oq, avstraliyaliklar esa sariq libosda harakat qiladilar. O`yin «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Osiyo Kubogi-2019. 1/8 final.
BAA. Al Ayn. «Xalifa bin Zayd» stadioni. 18:00 (Toshkentda 19:00)
Avstraliya – O`zbekiston
Hakamlar: Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim, Tolib Salim Al-Marri, Saud Ahmad Al-Maqaleh (Qatar)






