AsosiyJamiyat

O`zbekiston "Yashil haftalik - 2019" ko`rgazmasida ishtirok etmoqda

'O`zbekiston "Yashil haftalik - 2019" ko`rgazmasida ishtirok etmoqda'ning rasmi

Germaniya poytaxti Berlin shahrida boshlangan 84-xalqaro “Yashil haftalik – 2019” ko`rgazmasida O`zbekiston stendi namoyish etilmoqda.

Ko`rgazmada dunyoning 70 mamlakatidan 1 ming 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda, deb yozmoqda O`zA.

YRK_1185.JPG

Mamlakatimiz stendi O`zbekiston Tashqi savdo vazirligi va “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Unda yurtimizning iqtisodiy va eksport salohiyatiga keng o`rin berilgan.

YRK_1273.JPG

O`zbekiston pavilonida tabiiy va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, ziravorlar, sharob mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari, shuningdek, milliy taomlar va yurtimiz sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda.

YRK_1520.JPG


Ko`rgazma joriy yilning 27 yanvarigacha davom etadi.

YRK_1551.JPG

YRK_1532.JPG

    Boshqa yangiliklar