Kira Naytli bir paytlar ne sababdan kinodan ketmoqchi bo`lganini ma`lum qildi, deya xabar berdi Teleprogramma.pro nashri.
Kino olamiga erta kirib kelganiga qaramay, Kira 22 yoshida kuchli tushkunlikka tushib, kinodan ketmoqchi bo`lgan.
Naytli aktrisa Natali Portmanga o`xshagani tufayli uni “Yulduzlar jangi: Yashirin tahdid” filmida uning qirolicha Amidali obrazining qiyofadoshi Sabe roliga taklif qilinadi. Shunga qaramay, Kira Natalining soyasida qolib ketmaslik uchun ertayu kech tinimsiz mehnat qilishiga to`g`ri kelgan ekan. Negaki o`sha paytdayoq Natali “Leon” filmidagi roli orqali mashhurlikka erishib bo`lgandi.
“Karib dengizi qaroqchilari” trilogiyasining suratga olish ishlari Naytlini haddan ziyod holdan toydirgan ekan. Shundan so`ng aktrisa biroz tin olib, sayohatga chiqadi. Ammo hayotdagi maqsadi nima ekanligini bilolmay, ancha paytgacha qiynalgan ekan.






