Gohida ikki yulduz o`z munosabatlarini nikoh bilan bog`lashi o`zini oqlayvermaydi, deya xabar bermoqda Day.Az nashri.
Pamela Anderson va Kid Rok
Pamela Anderson va Kid Rokning nikohi bor-yo`g`i 122 kunga cho`zilgan. Ular tez-tez janjallashishgan va alaloqibat, bu nikoh bekor qilingan.
Britni Spirs va Jeyson Aleksandr
Britni 2004 yili bir bazmdan so`ng oilali ayol bo`lib uyg`onadi. Ma`lum bo`lishicha, u mast holatda bolalikdagi do`sti Jeyson Aleksandr bilan nikohdan o`tishga rozi bo`lgan. Oradan 55 soat o`tib, ushbu ittifoq uzilgan.
Bredli Kuper va Jennifer Esposito
Kuper 2005 yili mahbubasi Jenniferga uylanadi. Oradan to`rt oy o`tib, ular turfa olamga ekanligi ma`lum bo`lgach, ajrashib ketishadi.
Karmen Elektra va Dennis Rodman
Bu juftlik ham bir kunlik xato tufayli nikoh shartnomasini imzolashgan. Oradan to`qqiz kun o`tib, nikoh bekor qilingan.






