AsosiyDunyo

Kris Pratt Shvarseneggerning qiziga uylanmoqda

'Kris Pratt Shvarseneggerning qiziga uylanmoqda 'ning rasmi

Gollivud aktyori Kris Pratt afsonaviy aktyor “Terminator” Arnold Shvarseneggerning qizi 29 yoshli Ketrin Yunis Shvarsenegger bilan unashtirildi, deya ma`lum qildi Lenta.ru nashri.

Pratt va Ketrin 8 oydan beri uchrashib yurishadi. Ular qizning onasi, Arnoldning sobiq xotini Mariya Shrayverning sharofati bilan tanishishgan.

Ketrin – Arnold Shvarsenegger va Mariya Shrayverning to`ng`ich farzandi hisoblanib, 1989 yilda tug`ilgan.

Kriss Pratt “Galaktika qo`riqchilari”, “Yura davri olami”, “Yo`lovchilar” filmlari orqali mashhurdir.

    Boshqa yangiliklar