Shveysariyadagi maktablarda yuzni taniydigan qurilmadan foydalanish yo`lga qo`yildi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Bu jarayon ilk bor Shellefteo shahridagi maktabda sinovdan o`tkazilmoqda. Qurilmaga har bir o`quvchining yuz qiyofasi kiritilgan. Ular maktabga kirish va chiqish vaqtlarini qayd etadi. Bu, avvalambor, xavfsizlik maqsadida yo`lga qo`yilgan bo`lib, qolaversa, tartibni saqlashga xizmat qiladi. Maktab ma`muriyatining ta`kidlashicha, qurilma ishga tushirilgandan so`ng davomat sezilarli darajada ko`tarilgan.






