Jumladan, bugun Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Antaliyada Ozarbayjonning "Keshla" klubiga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushadi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 18:30da, Toshkent vaqti bilan esa 20:30da boshlanadi. "Keshla" jamoasi 2007 va 2010 yillarda mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan jamoa hisoblanadi.
Mazkur nazorat oʻyinlari orqali murabbiylar shtabi Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarni sinovdan oʻtkazib, jamoani shakllantirish ishlarini olib borishni maqsad qilishgan.






