2018 yilda yurtimizga 160,0 mingta ko`chib kelish kuzatilgan bo`lib, ularning 157,2 ming nafari respublika hududlaridan, 2,8 ming nafari esa xorijiy davlatlardan kelgan.
Xorijiy davlatlardan kelganlarning 28,1 foizini Tojikiston Respublikasi, 27,5 foizi Qozog`iston Respublikasi, 24,1 foizi Rossiya Federasiyasi, 9,7 foizi Qirg`iziston Respublikasi va 10,6 foizi boshqa davlatlar hissasiga to`g`ri keladi.
Ko`chib ketganlar soni esa 176,2 ming nafarni tashkil etib, shundan 157,2 ming nafari respublika hududlari ichida ko`chgan bo`lsa, 19,0 ming nafari xorijiy mamlakatlarga ko`chib ketgan, deb xabar bermoqda O`zA.
Misol uchun, xorijiy davlatlarga ko`chib ketganlarining 47,2 foizi Rossiya Federasiyasiga, 47,1 foizi Qozog`iston Respublikasiga, 1,2 foizi AQShga, 0,7 foizi Isroilga hamda 3,8 foizi boshqa davlatlarga to`g`ri kelmoqda.






