AsosiyJamiyat

Akmal Burxanov "Yuksalish" umummilliy harakati raisi etib tayinlandi

'Akmal Burxanov "Yuksalish" umummilliy harakati raisi etib tayinlandi'ning rasmi

"Yuksalish" umummilliy harakat raisligiga «Taraqqiyot strategiyasi» markazining sobiq direktori Burxanov Akmal Eshondedaevich saylandi.

O`z navbatida, Markaz jamoasi A.Burxanovga 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshishi hamda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi faoliyatining rivoji yo`lida qo`shgan samarali hissasi, fidoyiligi va jonkuyarligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risida”gi farmoniga ko`ra "Yuksalish" umummilliy harakati tashkil etilgan edi.

«Yuksalish» umummilliy harakati fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi.

Umummilliy harakatning asosiy maqsadi rejalashtirilgan islohotlarni, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga ko`maklashishdir.

    Boshqa yangiliklar