AsosiyJamiyat

Chilonzordagi xonadonlardan birida yong`in yuz berdi, uy egasining kuygan jasadi topildi

'Chilonzordagi xonadonlardan birida yong`in yuz berdi, uy egasining kuygan jasadi topildi'ning rasmi

Bugun, 18 yanvar kuni kechasi soat 01.43da Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi boshqarmasi Yong`inni o`chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Chilonzor tumani "Nafosat" mahallasidagi 56-uy 62-xonadonda yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan 2 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Bo`linmalar soat 01.47 da voqea joyiga etib kelib, yong`in soat 01.53da to`liq bartaraf etilgan.

Yong`inni o`chirish jarayonida uy egasi 1946 yilda tug`ilgan A.I.ning kuygan holda jasadi topilgan.

Yong`in natijasida uyning 5 kv.metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in keng maydonga tarqalishi oldi olingan. Yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Yong`in sababi aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar