Har oyda Bosh vazirning vazirlar, hokimlar, O`zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda investorlar bilan shaxsan uchrashuvlarni o`tkazish amaliyoti joriy etiladi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta`minlash maqsadida Prezident huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etildi.
Ekspert kengashi tarkibiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan, xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoshlar kiritiladi.
2019 yil 1 iyunga qadar har bir hududning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda, investisiya jalb etish uchun ustuvor yo`nalishlarni nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasining o`rta muddatli istiqboldagi investisiya siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi.






