Amaliy innovasiyalar fondining "Oliy ta`lim tizimini modernizasiya qilish" dasturi doirasida Guliston davlat universitetida Jahon bankining loyihasi o`z faoliyatini boshladi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda.
"Oliy ta`lim va ishlab chiqarish integrasiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integrasiyasi tizimida "o`quv-ilmiy kompleks" tashkil etish mavzusidagi loyiha qiymati 173 ming AQSh dollariga teng bo`lib, 24 oyga mo`ljallangan.
Loyihadan ko`zlangan asosiy maqsad oliy ta`lim, fan va ishlab chiqarish o`rtasida klasterli tizimga asoslangan integrasiya – innovasion o`quv-ilmiy kompleks tizimini tashkil etish va uning mexanizmini yaratishdan iborat.






