AsosiyJamiyat

​Andijon aholisining daromadlari 327 milliard 100 million so`mga ortishi kutilmoqda

'​Andijon aholisining daromadlari 327 milliard 100 million so`mga ortishi kutilmoqda'ning rasmi

2018 yilda soliq to`lovchilar uchun bevosita daxldor bo`lgan ko`plab muhim o`zgarishlar ro`y berdi. Soliq tartiblari o`rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, adolatli, hammaga birdek ma`qul keladigan stavkalar joriy etish, tadbirkorlikka soliq yukini kamaytirish va biznes uchun teng sharoitlarni yaratishga qaratilgan Soliq Konsepsiyasi qabul qilindi.

Ushbu hujjatga binoan, 2019 yildan Davlat maqsadli jamg`armalariga yuridik shaxslarning tovar aylanmasidan olinadigan 3,2 foizli majburiy ajratmalar bekor qilindi.

- Buning natijasida joriy yilda Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub`ektlari ixtiyorida 392 milliard 900 million so`m miqdorida mablag` qolishi kutilmoqda, - deydi Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi bo`lim boshlig`i Jasurbek Mashrapov. - Soliq stavkalarining pasaytirilishi nafaqat tadbirkorlik sub`ektlari, balki fuqarolarning daromadlari oshishida ham ko`rish mumkin. Masalan, fuqarolarning mehnatga haq to`lash turidagi daromadlaridan Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga o`tkaziladigan 8 foiz majburiy sug`urta badali bekor qilinishi bois viloyat aholisining qo`lga oladigan ish haqlari 2019 yilda 327 milliard 100 million so`mga ortadi.

Dilmurod Parpiev,

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi

jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot

sho``basi katta inspektori

    Boshqa yangiliklar