AsosiyJamiyat

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi PR-markazga aylantiriladi

'O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi PR-markazga aylantiriladi'ning rasmi

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risidagi prezident farmoniga muvofiq O`zMAA PR-markazga aylantiriladi.

Hujjatga ko`ra, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligiga, eng avvalo, xorijiy ishbilarmonlik doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari o`rtasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar, jumladan, O`zbekiston Davlat dasturining borishi, biznes uchun yaratilgan qulay sharoitlar to`g`risida keng ma`lumot berish va targ`ib qilishni tashkil etish uchun mas`ul bo`lgan PR-markaz funksiyasi yuklatilishi nazarda tutilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi (Z.Sh.Nizomiddinov) ikki hafta muddatda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risidagi, jumladan, PR-markaz funksiyasini bajarish doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish topshirilgan.

Eslatib o`tamiz, Prezident sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonov O`zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

    Boshqa yangiliklar