AsosiyDunyo

Ganada ekologik xavfsiz uylar qurilishi boshlandi

'Ganada ekologik xavfsiz uylar qurilishi boshlandi 'ning rasmi

Gana poytaxti Akkra va uning atrofida ekologik xavfsiz uylar qurilishi boshlandi, deb xabar berdi Ntdtv.ru nashri.

Mazkur uylar yangi texnologiya asosida qurilayotgan bo`lib, ular ekologik toza bo`lishi bilan birga, zilzilaga bardoshlidir. Shuningdek, u ancha arzonga tushadi. Loyiha mualliflarining so`zlariga ko`ra, uylarni qurishda toza qum va qizil loydan foydalaniladi. Poydevor barpo etishdan oldin esa er kamida 20 sm.ga cho`ktiriladi. Mazkur texnologiya dunyoning rivojlangan davlatlari Avstraliya va AQShda qiziqish uyg`otmoqda.

    Boshqa yangiliklar