AsosiyDunyo

Lima shahrining katta qismi suv ostida qoldi

'Lima shahrining katta qismi suv ostida qoldi 'ning rasmi

Peru poytaxti Limada suv quvurining yorilishi natijasida shaharning katta qismi suv ostida qoldi, deya xabar bermoqda Ntdtv.ru nashri.

Suvning balandligi ayrim joylarda bir yarim metrga etgan. Mazkur hodisa oqibatida shaharning ikkita tumanida odamlar evakuasiya qilingan. Bu hududlardagi uylarga jiddiy zarar etdi. Aholini tashvishga solayotgan yana bir holat esa quvur orqali chiqib kelayotgan kalamushlardir. Voqea joyiga tashrif buyurgan Peru prezidenti Mart Visarra vaziyat nazoratga olinishini ma`lum qildi. Aniqlanishicha, quvurning ishdan chiqishi temiryo`l stansiyasining qurilishi bilan bog`liq.

    Boshqa yangiliklar