O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni «Jo`shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investisiya sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga jo`nab ketdi, deb xabar bermoqda O`zA.
Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 18 yanvar kuni bo`lib o`tadi.
Davlatimiz rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq so`zlaydi, shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara o`tkazadi.
Narendra Modi tashabbusi bilan 2003 yildan buyon Gujarat shtati markazi Gandinagar shahrida o`tkazib kelinayotgan «Jo`shqin Gujarat» sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forumlardan biri hisoblanadi.
Hindiston farmasevtika sanoati markazi bo`lgan Gujaratda dunyodagi eng ilg`or kompaniyalar faoliyat yuritadi. Sammit doirasida ular bilan mamlakatimiz kompaniyalari va hududlari o`rtasida savdo va biznesni kengaytirish imkoniyatlari ko`rib chiqiladi.






