2019 yil 16 yanvar kuni Madrid shahrida O`zbekiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Jahongir Ganievning Ispaniya Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tantanali marosimdan so`ng bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston-Ispaniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Ispaniya Qiroli yuqori darajadagi o`zaro ishonch, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar bo`yicha mavqelar o`xshash va yaqinligiga yuksak baho berdi.
Ispaniya Qiroli Ostona shahrida «EXPO-2017» xalqaro ko`rgazmasi doirasida bo`lib o`tgan O`zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvini alohida qayd etdi, ushbu uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish yo`llari belgilangan edi.
Muloqot yakunida Ispaniya Qiroli O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga hurmat-ehtiromini izhor etib, unga o`zining samimiy tilaklarini etkazishni so`radi.






