Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o`zbekistonlik va xorijlik estrada yulduzlarining konsertlari o`tkazila boshlaydi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
Uning aytishicha, buning uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan bo`lib, unga muvofiq stadionda nafaqat futbol o`yinlari, balki konsertlar, festivallar va sportning boshqa turlari bo`yicha chempionatlar ham o`tkaziladi.
Hokim o`rinbosari keyingi yilda «Bunyodkor»da to`rtta yirik tadbir tashkil qilinishini aytdi, biroq ularning qanday tadbir bo`lishiga aniqlik kiritmadi.





