AsosiyDunyo

Braziliya prezidenti qurol-aslaha sotib olish huquqini kengaytirishga oid farmonga imzo chekdi

'Braziliya prezidenti qurol-aslaha sotib olish huquqini kengaytirishga oid farmonga imzo chekdi 'ning rasmi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru qurol-aslaha sotib olish huquqini kengaytirishga oid farmonga imzo chekdi, deb xabar qildi TASS nashri.

Mahalliy televideniya orqali chiqish qilgan Bolsonaru har bir fuqaro o`zini jinoyatchilardan himoya qilishga haqqi borligini ta`kidlagan. Imzolangan farmonga ko`ra, qurollarni sotish yuzasidan davlat nazorati qisqaradi. Braziliyaliklar endi qurol sotib olishlari, o`z uylarida va ish joylarida uni saqlashlari mumkin. Biroq jamoat joylarida undan foydalanish taqiqlanadi. Tahlilchilar bu qonun, aksincha, jinoyatchilikning ortib ketishiga olib kelishini ta`kidlashmoqda.

    Boshqa yangiliklar