AQShning Vashington shahrida tinimsiz qor yog`moqda, deb xabar berdi TASS nashri.
Bu esa shahar aholisining kayfiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgani yo`q. Shtatda bu yil hisobidan ilk qor yoqqani sabab odamlar qor o`ynab xursandchilik qilishmoqda. Ammo Virjiniya va Merilend shtatlarida qor bo`ronlari tufayli ko`plab muassasalar o`z faoliyatini to`xtatgan. Shuningdek, yo`lda ulkan tirbandliklar kuzatilmoqda. Olingan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, poytaxt yo`llarida 200 dan ortiq YTH sodir bo`lgan.






