AsosiyDunyo

Xitoyda Kanada fuqarosi o`lim jazosiga hukm qilindi

'Xitoyda Kanada fuqarosi o`lim jazosiga hukm qilindi 'ning rasmi

Xitoyda Kanada fuqarosi o`lim jazosiga hukm qilindi, deya xabar berdi TASS nashri.

Lloyd Shellenberg qoradori kontrabandasi bilan aloqadorlikda ayblangan. Unga avvaliga 15 yillik qamoq jazosi belgilangan edi. Biroq Pekinda bo`lib o`tgan ikkinchi sud jarayonidan so`ng u o`limga hukm qilingan hamda barcha mol-mulki musodara qilingan. Bu Kanada fuqarosini Xitoyda sud qilinishi bilan bog`liq birinchi holat emas. Mazkur holat esa ikki davlat orasidagi munosabatlarning yanada taranglashishiga olib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar