Yog`-moy tarmog`ini yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror bilan Yog`-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi.
«O`zyog`moysanoat» uyushmasining asosiy vazifasi yog`-moy xom ashyolarini qayta ishlash va yog`-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.
2022 yil 1 yanvargacha uyushma mol-mulk solig`i va foyda solig`idan ozod etildi.
«O`zyog`moysanoat» uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar 2021 yil 1 yanvargacha:
- o`simlik yog`i ishlab chiqarish maqsadida import qilinadigan soya dukkagi, kungaboqar va boshqa moyli o`simliklar urug`lari bo`yicha bojxona to`lovlaridan;
- qo`shimcha qiymat solig`idan ozod qilindi.
Yog`-moy sanoati korxonalariga 2022 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan kaustik soda, aktivlashtirilgan tabiiy mineral mahsulotlar va katalizatorlar importida qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashni 90 kunga kechiktirish imkoniyati berildi.
Qaror bilan Hukumatga quyidagi vazifalar yuklandi:
- Yog`-moy sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo`yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan «Yo`l xaritasi»ni tasdiqlash;
- 2019-2020 yillarda 150 million AQSh dollari miqdoridagi 37 ta investisiya loyihalarini amalga oshirish;
- mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 90 foizgacha etkazish;
- 2021 yilgacha yog`-moy xom ashyolari jamg`arish miqdorini 100 ming tonnagachaetkazish;
- 2021 yilgacha o`simlik yog`i ishlab chiqarish hajmlarini 400 ming tonnagachaetkazish.
Shuningdek, yog`-moy sanoati tarmog`i kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha ilmiy-amaliy markaz tashkil etiladi.






