AsosiyJamiyat

Yaponiya O`zbekistondan 350 ming nafar ishchini qabul qilishni rejalashtirmoqda

'Yaponiya O`zbekistondan 350 ming nafar ishchini qabul qilishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Joriy yil aprel oyidan Yaponiya immigrasiyaga oid yangi qonunchilik doirasida O`zbekistonni ishchi kuchlari eksport mamlakatlari ro`yxatiga kiritishni mo`ljallamoqda.

Bu haqda Yaponiya Sog`liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri, janob Takumi Nemoto O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiev uchrashuvda ma`lum qildi.

M.Shigefumi o`zbek delegasiyasiga Yaponiyaning yaqin besh yil ichida 350 ming nafar xorijiy ishchini qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida ma`lumot berdi va ishga joylashtirish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb etishga qiziqish bildirayotganini aytib o`tdi.

Uchrashuv yakunida Yaponiya Sog`liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o`rtasida stajyorlarni texnik tayyorlash dasturini amalga oshirish bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi memorandumni imzolash marosimi o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar