Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyatidagi aerodromlardan birida o`quv-amaliy parvoz mashg`ulotlari o`tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mashg`ulot davomida O`zbekiston Respublikasi Oliy aviasiya bilim yurti kursantlarining malakasi sinovdan o`tkazildi. Bunda harbiy uchuvchilar 600, 900 hamda 1200 metr balandlikda “H-125”, “Mi-24”, shuningdek, “Mi-8” vertolyotlari yordamida turli manyovrlarni bajardilar.
Parvoz chog`ida uchuvchilardan tog` hududlariga uchish va yuqori tog` maydonchlariga qo`nish kabi amaliy ko`nikmlarni bajarish talab etildi.

30 nafarga yaqin harbiy uchuvchi ishtirok etgan mashg`ulot davomida parvozlarni tezkorlik bilan muvaffaqiyatli bajarish, favqulodda holatlarda qanday harakatlanish, shu bilan birga zamonaviy harbiy havo texnikalaridan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`nikmalar mustahkamlandi.






