Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasining homiylik mablag`larini o`z vaqtida shakllantirish, sport inshootlarini belgilangan muddatlarda va sifatli foydalanishga topshirishni ta`minlash hamda bu borada hokimliklarning mas`uliyatini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi 32-sonli qarori bilan “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi 2018 yil 5 iyuldagi 507-son qarorga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Qaror muvofiq, endilikda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasi Kuzatuv kengashiga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raislik qiladi. Bu haqda Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
O`z navbatida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy Jamoat kengashlari raislari etib belgilanib, ularning sport inshootlarida qurilish-montaj ishlarining borishi va ularning o`z vaqtida foydalanishga topshirilishi bo`yicha shaxsiy javobgarliklari oshirildi.
Shu bilan birga, jamg`arma mablag`lari hisobidan sport ob`ektlarini qurishda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o`rganish va respublika hududlarida quriladigan ob`ektlar loyihalariga tatbiq etish maqsadida jamg`arma hamda qurilish va loyiha tashkilotlarining malakali mutaxassislari xorijiy davlatlarga yuboriladi, shuningdek tajriba almashish uchun xorijdan mutaxassislar jalb etiladi.
Ma`lumot uchun: Jamg`arma mablag`lari xayriya tashkilotlari, xususiy tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan o`tkaziladigan homiylik o`tkazmalari, Davlat byudjeti mablag`lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.






