AsosiySport

O`zbekiston OTJning Slovakiyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi kuchli shamol sababli qoldirildi

'O`zbekiston OTJning Slovakiyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi kuchli shamol sababli qoldirildi'ning rasmi

Turkiyaning Antaliya shahrida bo`lib turgan O`zbekiston olimpiya terma jamoasi a`zolari Slovakiya U-21 terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi.

Ammo Antaliya shahrida kuchli shamol esayotgani sababli mazkur o`yin qoldirildi. Ikki terma jamoa rasmiylari bunday noqulay ob-havo sharoitida futbol o`ynamaslikka qaror qilishdi.

Endilikda Olimpiya terma jamoasi vakillari keyingi nazorat o`yinlariga tayyorgarlik ko`rishadi, deb xabar bermoqda O`FA matbuot xizmati.

Mazkur yig`in orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o`tkazib, jamoani shakllantirish ishlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar