Yaponiya poytaxti Tokio shahrida xalqaro motoshou o`z ishini boshladi, deya ma`lum qildi Ntdtv.ru nashri.
Unda avtomobil olamidagi eng mashhur kompaniyalar ishtirok etishmoqda. Bu erda, shuningdek, avtomobillarga tegishli ehtiyot qismlarni ham ko`rish mumkin. 420 ta kompaniyalar orasida Nissan ham bo`lib, u o`zining yangi avlod modelini taqdim etdi. Ko`rgazma ishtirokchilarining so`zlariga ko`ra, bu avtomobil o`zining tashqi ko`rinishi bilan ko`pchilikka yoqdi.






