AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiylari Suriyadan chiqib ketganidan so`ng, Anqara Suriya kurdlariga hujum qilsa, Turkiyani vayron qilishi bilan tahdid qildi, deya ma`lum qilmoqda TASS nashri.
Shuningdek, Oq uy rahbari kurdlarni ham Turkiyani provakasiya qilishga chaqirgan. Bu haqda AQSh etakchisi tvitterdagi sahifasida ham yozib qoldirgan. Trampning tahdidlariga qaramay, Anqara kurd tuzilmalari bilan bog`liq faoliyatini davom etirmoqchi.
“AQSh bizning stategik hamkorligimizni hurmat qiladi va mazkur hamkorlik terrorchilik sabab buzilishini istamaydi, deb umid qilamiz. Kurd ishchi partiyasi hamda IShID o`rtasida farq yo`q. Biz ularga qarshi kurashda davom etamiz ”, deydi Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Qalin.






