Tailand poytaxti Bangkokda havoning ifloslanish darajasi ortib bormoqda, deb xabar qilmoqda TASS nashri.
Ayni vaqtda Bangkokning 30 ta tumanida havoning ifloslanish darajasi belgilangan miqdoridan oshib ketgani qayd eilgan. Ushbu yuqori ko`rsatkich inson salomatligi uchun xavfli hisoblanadi. Bunga sabab esa suv havzalaridagi ifloslik hamda dizel yoqilg`isidan chiqayotgan zaharli moddadir. Ayni vaqtda mahalliy hokimiyat organlari suv bilan bog`liq muammo bilan kurashmoqda. Bangkok havoning ifloslanishi yuqori bo`lgan dunyoning 10 ta shaharlaridan biri sanaladi.






