Shvesariyaning Jeneva shahrida 29-xalqaro soatlar ko`rgazmasi o`z ishini boshladi, deya xabar qildi TASS nashri.
Bu erga dunyoning 35 dan ortiq soat ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalari yig`ilgan. Tadbir davomida konferensiyalar, uchrashuvlar o`tkazish va o`zaro shartnomalar tuzilishi rejalashtirilmoqda. Jeneva ko`rgazmasida soatsozlikning eng so`nggi namunalari namoyishga qo`yilgan. Ishtirokchilarning so`zlariga ko`ra, soat sanoatida katta yangiliklarga qo`l urilmoqda va innovasion soatlarning yangi avlodini ishlab chiqarish boshlangan. Mazkur ko`rgazma 17 yanvarga qadar davom etadi.






