AsosiySport

Fazliddin G`oibnazarov: «Jangga har tomonlama tayyorman»

'Fazliddin G`oibnazarov: «Jangga har tomonlama tayyorman»'ning rasmi

Rio Olimpidasi chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G`oibnazarov 18 yanvar kuni* dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko`tariladi.

Bokschimiz mazkur jang oldidan MOQ axborot xizmatiga o`z fikrlarini bildirib o`tgan:

“Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Mashg`ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi deb o`ylamayman. O`zimni juda yaxshi his qilyapman, jarohatim yo`q. Ertaga vazn o`lchash marosimi, bir kun o`tib esa jang. O`z g`alabam bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman”, – degan G`oibnazarov.

Ma`lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o`z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g`alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag`lub bo`lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

* Toshkent vaqti bilan 19 yanvar kuni erta tongda

    Boshqa yangiliklar