Ertaga, 16 yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-turida Eron terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib boradi.
Mazkur o`yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev harakat qiladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Dubay shahridagi "Rashid" stadionida bo`lib o`tadi.






