AsosiyDunyo

Podmoskoveda ikki o`zbekistonlik beton plita ostida qolib halok bo`ldi

'Podmoskoveda ikki o`zbekistonlik beton plita ostida qolib halok bo`ldi'ning rasmi

Moskva yaqinidagi Klin shahrida binoni ta`mirlayotgan ikki kishi beton plita ostida qolib ketgan.

Ishchilar voqea joyida vafot etgan. Bu haqida TASS xabar bermoqda.

«Ish paytida xavfsizlik qoidalari buzilgan. O`zbekistonning ikki fuqarosi halok bo`ldi", - deya qayd etdi huquqni muhofaza qilish organlari.

Hozirgi paytda hodisa holati tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar