AsosiyJamiyat

"Click-Payme" orqali pora pulini o`tkazib berishni so`ragan coliq inspektori qo`lga olindi

'"Click-Payme" orqali pora pulini o`tkazib berishni so`ragan coliq inspektori qo`lga olindi'ning rasmi

Navoiy viloyati Karmana tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimi G.P. o`z jinoiy harakatlarini sodir etayotgan paytda qo`lga olingan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati rahbari O`ktam Usmonov O`zAga xabar berdi.

Karmana tumani “Katta Machit” mahalla fuqarolar yig`ini hududida istiqomat qiluvchi fuqaro E.H. bobosiga hovli-joyning kadastr hujjatlarini tayyorlash maqsadida uyning mol-mulk va er solig`idan qarzdorligi yo`qligi to`g`risidagi ma`lumotnomani olish uchun Karmana tumani Davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qiladi. Tuman DSI xodimi G.P. uyning mol-mulk va er solig`idan 1 million 300 ming so`m qarzdorligi borligini bildiradi. Shuningdek, DSI inspektori qonunga xilof tarzda 650 ming so`m evaziga qarzdorlikni yo`qqa chiqarib, shu to`g`risida ma`lumotnoma rasmiylashtirib berishini, pul mablag`larini esa “Click-Payme” dasturi orqali tashlab berishi mumkinligini aytadi. So`ralgan pul mablag`lari E.H. tomonidan inspektorning hisob raqamiga o`tkazib berilgan.

Navoiy viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Karmana tumani DSI inspektori qo`lga olindi. Mazkur holat bo`yicha tergov jarayonlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar