AsosiyJamiyat

Koreya Respublikasi Adliya vaziri O`zbekistonga keladi

'Koreya Respublikasi Adliya vaziri O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Koreya Respublikasining Adliya vaziri Pak San Gi boshchiligidagi delegasiya tashrif bilan O`zbekistonga keladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Tashrif doirasida delegasiya a`zolari O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Bosh Prokuraturada bo`lib, ikki tomonlama hamkorlikka oid uchrashuvlar o`tkazishi kutilmoqda.

Shuningdek, ikki kunlik safar davomida Koreya delegasiyasi a`zolari Samarqand shahariga tashrif buyurib, ko`hna kentning bugungi qiyofasi, madaniy-ma`naviy rivojlanish tarixi bilan yaqindan tanishadi.

    Boshqa yangiliklar