AsosiyDunyo

Evropada kuchli qor bo`ronlari kuzatilmoqda

'Evropada kuchli qor bo`ronlari kuzatilmoqda 'ning rasmi

Evropaning bir qator mamlakatlarida kuchli qor bo`ronlari kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.

Xususan, Avstriyaning Alp tog`larida deyarli bir xaftadan buyon davom etayotgan bo`ron oqibatida yana 3 kishi halok bo`lgani xabar qilinmoqda. Ular germaniyalik chang`ichilar bo`lib, ko`chki haqida ogohlantirishlarga qaramay, tog`li hududga kelishgan. Ayni vaqtda hududdagi deyari barcha avtomagistrallarda transport qatnovi to`xtagan. Odamlar hamon tashqi dunyodan uzilganicha qolmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, hafta so`nggida tinimsiz qor yog`ishi oqibatida yana bir necha bor ko`chkilar ro`y berishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar