Gvatemalada yuzlab odamlar korrupsiyaga qarshi norozilik namoyishlarida ishtirok etishmoqda, deya xabar berdi TASS nashri.
Fuqarolar avvaliga poytaxtdagi Obelisk maydonida to`planishdi, shundan so`ng esa ular konstitusion sud binosi tomon harakatlanishgan. Namoyishchilar hukumat boshqaruvida soliq to`lamaydigan va davlat mablag`ini noqonuniy o`zlashtiradigan amaldorlardan norozi ekanliklarini bildirishmoqda. Hozircha hukumat ushbu aksiyaga qarshi biror chora ko`rishga shoshilmayapti.






