Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe o`z mamlakati harbiylarini to`liq jangovar tayyorgarlikni saqlab turishga chaqirdi, deb xabar bermoqda TASS.
Koreya Respublikasi rahbari Kanvondo provinsiyasidagi Vonju shahrida joylashgan harbiy bazada bo`lib o`tgan mamlakat harbiy havo kuchlari safiga Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan FA-50 rusumidagi yangi qiruvchi samolyotlar eskadriliyasi qo`shilishi tantanalarida ushbu bayonotni bergan.
Pak Kin Xening so`zlariga ko`ra, hozir xavfsizlikni ta`minlash masalasi ancha keskin tus olgan. Shuningdek, prezident Janubiy Koreyada harbiy samolyotlar ishlab chiqarilishi ko`paytirilishi zarurligini ham ta`kidlagan.





