AsosiyDunyo

Avstriyalik o`smir Venada vokzalni portlatmoqchi bo`ldi

Avstriyada terakt sodir etishda shubha ostiga olinib, 14 yoshli o`smir qo`lga olindi, deya xabar bermoqda mahalliy The Local nashri.

Mahalliy OAV ma`lumotiga ko`ra, o`smir terroristik guruh a`zolari bilan aloqaga kirishishga hamda Venadagi Vestbanxof vokzalida terakt uyushtirishga harakat qilgan. Uy sharoitida bomba yasash bo`yicha yo`riqnomani internetdan olgan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu masala bo`yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

 

    Boshqa yangiliklar