AsosiyDunyo

KXDRda unashtirish uchun uzuk o`rniga telefon sovg`a qilinmoqda

Shimoliy Koreya aholisi ko`p holatlarda unashtirish marosimida nikoh uzugi o`rniga mobel telefonlarni sovg`a qilishmoqda, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

“Kichkina va o`rtacha shaharlarda to`yda telefon apparatlarini sovg`a qilish etakchilik qilmoqda. Keyin esa nikoh uzugi turibdi”, - deya iqtibos keltirmoqda Guardian gazetasi Xamgyon-pukto provinsiyasida yashovchi fuqaroning so`zlaridan.

Gazetaning ta`kidlashicha, KXDR yoshlari o`rtasida telefon yaxshi sharoitga egaligining timsoli bo`lib qolmoqda. Turmushga chiqmagan qizlar esa juda kamdan-kam holatlarda telefon sotib olish imkoniyatiga ega bo`lishadi.

Xabarlarga ko`ra, Shimoliy Koreyada oddiy mobil telefon apparati 200-300 dollar, mamlakatda ishlab chiqarilgan smartfonlar 400 dollar turadi. Shimoliy koreyalik ishchining o`rtacha oylik-maoshi taxminan 3 dollarni tashkil etiladi.

O`tgan yilning may oyi holatiga ko`ra, Shimoliy Koreyada mobil aloqa abonentlari soni 2 million edi. KXDRning har 12 fuqarosidan birida telefon bor.

    Boshqa yangiliklar