AsosiyShou-biznes

Madonnaning to`y ko`ylagi kimoshdi savdosiga qo`yildi

Xonanda Madonna 1985 yili Shon Pen bilan turmush qurganida kiygan ko`ylagi kimoshdi savdosiga qo`yildi. Ko`ylakning boshlang`ich bahosi 60 ming dollar, deya xabar bermoqda Hello.

Ushbu savdoda ko`ylakdan tashqari Madonnaga tegishli 140 ta buyum sotiladi. Auksion uyi ekspertlarining baholariga ko`ra, ularning umumiy bahosi 500 ming dollarni tashkil etadi.

Juliet’s Auction kompaniyasi tashkil etayotgan ushbu savdo 7-8 noyabr kunlari Kaliforniya shtatidagi Beverli-Xillz galereyasida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar