Innovasiya – iqtisodiyotning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Yangi texnologiyalarni joriy etmay turib, bir xil rivojlanishning imkoniyati yo`q. Biroq nimanidir kashf qilish tavakkal qilish deganidir. Shu sababli ko`plab kashfiyotchilar aynan ushbu innovasiyalar uchun jonlarini qurbon qilishgan.
1. Frensis Edgar Stenli
Stanley Motor Carriage Company kompaniyasi asosichilaridan biri Frensis Edgar o`z davrining revolyusiyasiga aylangan Stanley Steamerni sotib yuboradi. Afsuski, Stenlining o`zi mashinada halok bo`lgan. U yo`ldagi to`siqlardan o`tishga harakat qiladi, biroq mashina ag`darilib ketadi.
2. Jan-Fransua Pilatr de Roze
Jan-Fransua Pilatr de Roze havo sharida uchishga ishtiyoqi balandlardan biri bo`lgan. Biroq uni qandaydir boshqa guruh La-mansh bo`g`ozi ustidan uchib o`tgandan keyin juda tez unutib yuborishadi. U bu ishni yolg`iz qilishga urinib ko`radi va noma`lum sabablarga ko`ra halok bo`ladi.
3. Uilyam Ballok
Uilyam Ballok 1863 yili harf terish mashinasini kashf qiladi. 1867 yili aynan shu mashina uning oyog`iga uriladi va qorasondan vafot etadi.
4. Jeyms Fiks
Jeyms Fiks yugurish orqali mashhur bo`ladi, lekin uning o`zi chopish vaqtida yuragi xuruj qilib vafot etgan.
5. Tomas Endryus
Tomas Endryus “Titanik”ni loyihalashtirgan va asosiy e`tiborni uning xavfsizligiga qaratgan. Endryus kema bortida kamida 46 ta qutqaruv qayiqlari bo`lishi kerakligini aytgan, biroq ularning soni 20tagina bo`lgan. Buyuk konstruktor o`zining so`nggi soatlarini odamlarni qutqarish bilan o`tkazgan. Uning tanasini topa olishmagan.
6. Genri Smolinski va Xel Bleyk
Smolinski va Bleyk AVE Mizarni, ya`ni uchar qanotlarga ega avtomobilni yaratishgan. G`oyaning asosiy maqsadida Amerika shaharlari o`rtasidagi aeroportlar ustidan kichkina parvozni amalga oshirish edi. Har ikki kashfiyotchi ham tajriba uchish vaqtida halok bo`lgan.
7. Otto Liliental
Otto Liliental deltaplanda uchish bo`yicha omadli parvozlarni amalga oshirgan ilk odam hisoblanadi. Liliental 2000 parvozni amalga oshirgan va natijada umurtqasini sindirib oladi va deltaplan qulab tushadi.
8. Li Si
Li Si eramizdan avvaligi III asrga qadar Sin sulolasi kansleri bo`lgan. U “Besh jazo” nomli o`lim jazosini o`ylab topadi. O`limga hukm qilinganlarning ko`rsatkich barmog`i yondirilgan, burni, tovoni kesilgan, keyin bichilgan va nihoyat o`ldirilgan. Keyinchalik Li Sining o`zi davlat to`ntarishida ishtirok etadi va uni ham xuddi shu usulda o`ldirishadi.





