AsosiyDunyo

Jon Kerri Kanadadagi otishmani terakt deb baholadi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Kanada poytaxtida bo`lib o`tgan otishmani terakt qatorisha qo`shish mumkin deya fikr bildirdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

“Shubhasiz, kimdir formadagi odamga qurol bilan o`qtalib, keyin esa parlamentga qarab borar ekan bu holatni hech ikkilanmasdan terakt deb baholash mumkin”, - dedi Jon Kerri hamkasbi Jon Beird bilan o`tkazgan muzokaralari yakunida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida.

“Biz huquqni muhofaza qilish organlari o`rtasida chegaralarni himoya qilish va ma`lumot almashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashda davom etamiz”, - deya qayd etdi davlat kotibi.

Kanada poytaxtidagi otishma 22 oktyabr kungi harbiy yodgorlik yonida bo`lib o`tdi. Sochma o`q otuvchi qurol bilan qurollagan jinoyatchi faxriy qorovulni o`ldirdi va parlament yonida joylashgan binoga kirdi.

Otishmalar davomida polisiya bino ichkarisidagi jinoyatchini otib o`ldirdi. Voqea guvohlarining so`zlariga ko`ra, hodisa vaqtida 30ga yaqin o`q uzishlar kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar