AsosiyJamiyat

O`zbekistonning ijtimoiy rivojlanishi va turmush darajasi haqida statistik to`plam nashr etildi

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan “O`zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi” nomli statistik to`plam nashrdan chiqdi, deya xabar bermoqda uz24.uz qo`mita axborot xizmati ma`lumotiga tayangan holda.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati xabar qilishicha, to`plamda O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati to`g`risida statistik ma`lumotlar, asosiy demografik tavsiflar, aholi bandligi, uning turmush darajasi, yashash sharoitlari, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat sohalari ko`rsatkichlari chop etilgan.

Tovar va xizmatlar iste`mol bozori, transport va aloqa xizmatlari to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan.

To`plamning bo`limlarida jadval va grafik ko`rinishidagi ma`lumotlar, uslubiy izohlar mavjud.

To`plam korxonalar, tashkilotlar, vazirliklar, idoralardan olingan ma`lumotlar, shuningdek, uy xo`jaliklari byudjetini tanlanma kuzatish ma`lumotlari asosida tayyorlangan.

    Boshqa yangiliklar