Toshkent shahar Chilonzor tumanida 18-22 yoshli 4 nafar o`smirlar tomonidan bezorilik, o`g`rilik jinoyatlari sodir etilganligi xabar qilindi.
Bezori o`smirlar ko`chada notanish qizga gap otib, uni turli so`zlar bilan haqoratlaydi. Bunga javob qaytargan qizning sochidan tortib, do`pposlaydi. Voqeaning guvohi bo`lib, jabrlanuvchiga yordamga shoshilgan kishini esa boshiga shisha idish bilan urib, uni hushidan ketkazishadi va voqea joyini tark etishadi.
Jinoyatining "mis"i chiqmaganidan ruhlangan bezorilar endi bosqinchilik yo`lini tanlashadi. Ular "Shuhrat" chorrahasi yaqinidan o`tib ketayotgan yo`lovchi Erkin Murodovga hujum qilib, uning qo`l telefoni va 200 ming so`m pulini olib, juftakni rostlamoqchi bo`lib turishganida Chilonzor tumani IIB xodimlari tomonidan qo`lga olinadilar.
Sud tomonidan jinoyatchilarning har biri tegishli jazoga tortildi. Bu haqda Chilonzor tuman prokurori yordamchisi Muzaffar Haitov “Huquq” gazetasida ma`lum qildi.





