AsosiyJamiyat

2014 yilgi Xalqaro maktab kutubxonalari kuni 27 oktyabrda nishonlanmoqda

Dunyoning ko`pgina davlatlarida har yili oktyabrning to`rtinchi dushanbasida Xalqaro maktab kutubxonalari kuni nishonlanadi. Bu yil ushbu sana 27 oktyabr, dushanbaga to`g`ri keldi, deb xabar berdi UzReport. Bayram YuNESKO tashabbusi bilan o`tkaziladi.

Maktab yoshidagi bolalarni umumta`lim adabiyotiga e`tiborini qaratish an`anasi 1999 yildan, ya`ni Maktab kutubxonalari xalqaro assotiasiyasi rahbari Blansh Vullz bu bayramni nishonlashni taklif qilganidan boshlangan. Biroq, bu kunga rasmiy maqom 2005 yilda berilgan.

Maktab kutubxonalari xalqaro assotiasiyasi 2008 yilda qilgan taklifiga binoan Xalqaro maktab kutubxonalari kuni har oktyabrda o`tkaziladigan oylikka aylantirilgan.

    Boshqa yangiliklar