AsosiyJamiyat

Samarqandlik er-xotin gazdan bo`g`ilib vafot etdi

Samarqand viloyati Qo`shrabot tumanida istiqomat qiluvchi er-xotin gazdan bo`g`ilib o`ldi, deya xabar bermoqda Vesti.uz.

Xabar berishlaricha, 57 yoshli er va uning 39 yoshli turmush o`rtog`ining jasadini, ular o`limidan ikki kun o`tib, xizmat safaridan qaytib kelgan va er-xotinning uyida ijarada turuvchi kishi topgan.

Vesti.uz’ning yozishicha, fojea yuz bergan tunda – aholini oldindan ogohlantirmasdan – vaqtincha gaz ta`minoti uzilgan.

Gaz ta`minoti qayta tiklanganidan so`ng, olovi o`chib qolgan pechkadan chiqayotgan gaz er-xotin uxlab yotgan xonani to`ldirgan va ular gazdan zaharlanib, halok bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar